Фаолияти ҳақида ма'лумот
«Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi» Aksiyadorlik Jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasining 2002 yil 14 maydagi 91pp-r-sonli va 2003 yil 19 iyundagi 198k-PO-sonli “O‘zbekenergo” DAK sho‘‘ba korxonasini ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish to‘g‘risida”gi buyruqlari asosida tashkil etilgan.
Mulk huquqini beruvchi 204-sonli davlat orderi 2004 yil 11 iyunda berilgan. 2002 yil 16 sentyabrda Toshkent shahar Mirobod tumani hokimligi tomonidan № 1082 soni bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
shu jumladan:
51,03%- “O‘zbekenergo” DAK ulushi;
48,6% - O‘zR Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ulushi;
0,37% - jismoniy shaxslar ulushi
- Aksiyalarning nominal qiymati 10 000 so‘m.
- Aksiyadorlar soni - 1228 kishi, ulardan ikkitasi yuridik shaxs.
- Xodimlarning umumiy soni – 2209 kishi.
Aksiyadorlik jamiyatining asosiy maqsadlari:
- shartnoma asosida 10-0,4 kV tarmoqlari orqali elektr energiyasini sotib olish, taqsimlash va uni iste’molchilarga belgilangan hajmlarda va energotizim dispetcheri tomonidan o‘rnatiladigan rejimlarda sotish;
- iste’molchilarni shartnomalarga muvofiq hajmda va limitlarda ishonchli va uzluksiz ravishda elektr energiyasi bilan ta’minlash;
- Jamiyatni tejamkor rivojlantirish, minimal xarajatlar bilan ishlab chiqarishning maksimal samaradorligi va tejamkorligini ta’minlash;
- Jamiyatning elektr tarmoqlariga iste’molchilarning elektr qurilmalarini ulash bo‘yicha texnik shartlarni ishlab chiqish va berish, ularga amal qilinishini kuzatib borish;
- elektr tarmoqlaridan tegishli tarzda foydalanishni hamda ularning energotizimning ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan rivojlanishini ta’minlash;
- iqtisodiy asoslangan chiqimlardan kelib chiqqan holda ko‘rsatiladigan xizmatlar narxlari va tariflari loyihasini ishlab chiqish va Jamiyatning samarali ishlashini ta’minlash;
- Jamiyat elektr tarmog‘ining balansga doir chegaralarida elektr energiyasining tijorat hisobini ta’minlash va uni elektr energiyasining avtomatlashtirilgan hisob nazorati tizimini joriy etish yo‘nalishida takomillashtirish;
- yangi texnikani joriy etish, ishlab chiqarish fondlarini avtomatlashtirish va modernizatsiyalash.