Toshkent shahri elektr tarmoqlari rivojlanishining qisqacha tarixi

Toshkent shahri elektr tarmoqlarining paydo bo‘lishi 1912 yilga, Belgiya aksiyadorlik jamiyati tomonidan Shahar Dumasi bilan shartnoma bo‘yicha qurilgan Quvvat Dizel stansiyasi ishga tushirilgan paytga borib taqaladi. Dizel stansiyasi va barcha yordamchi binolar hamda inshootlar elektr tramvay ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan edi.

Motor yuklamasi va shahar markazini yoritish uchun ikkita mahalliy «Davidovskaya» va «Pavlovskaya» elektr qurilmasi ishlab turgan (E/stansiyalari va tramvay yo‘llarining joylashuviga, 1-sxemaga qarang).

1914 yilga kelib Toshkent shahridagi barcha elektr stansiyalarining umumiy quvvati 3700 kVt ni tashkil etardi.

Elektr tarmoqlari bir necha kilometr keladigan past voltli havo liniyalaridan iborat bo‘lgan.

1917-1937 yillar

1917 yildan keyin shaharning elektr va tramvay xo‘jaligi Davlat boshqaruviga o‘tadi.

20-yillar boshlarida “Toshgostram” tresti tashkil etiladi, Bo‘zsuv GESi ishga tushrilganidan so‘ng esa uning nomi “ToshGES-tram”ga aylantiriladi. Trest boshqarmasi Dizel stansiyasi hududida joylashgan edi. Keyingi yillarda Shahar elektr tarmoqlari boshqarmasi shu yerda joylashadi. Demak, Birinchi may ko‘chasi, 101 (sobiq Kuropatkinskaya) manzili bo‘yicha joylashgan Boshqarma binosini Toshkent shahri elektr ta’minotining beshigi deyish mumkin.

Toshkent iqtisodiy hududida Chirchiq va Bo‘zsuv daryolarida GES qurilishi ko‘zda tutiladi.

GOELRO rejasining ilk loyihasi – №1 Bo‘zsuv GESi 1926 yil 1 mayda foydalanishga topshiriladi. Elektr energiyasini iste’molchigacha yetkazib berish maqsadida taqsimlovchi elektr tarmoqlari, kichik stansiyalar, transkiosklarni tezkor sur’atda qurish ishlari boshlanadi.

1927 yilga kelib 35 km keladigan 6,6 kV lik kabel liniyalari (2-sxemaga qarang), umumiy quvvati 2,08 ming kva bo‘lgan 34 ta transkiosk va 2 ta taqsimlovchi kichik stansiya (Xadra va “Shirokaya”) qurib bitkaziladi.

1928 yilda yangi Dizel stansiyasining tezkor qurilishi boshlanadi va u umumiy quvvati 3200 kVt bo‘lgan 3 ta agregat bilan 1932 yilda foydalanishga topshiriladi.

Yangi DESning katta taqsimlash qurilmasi ko‘p yillar davomida uni shahar elektr tarmoqlarining muhim punktiga aylantirdi.

O‘sha yillarda zamonaviy elektr tarmoqlarining rejali rivojlanishi boshlanadi. Bo‘zsuv GESini “Shirokaya” kichik stansiyasi orqali NDES bilan bog‘lovchi magistral kabellar tortiladi; “Salar” kichik stansiyasining qurilishi boshlanadi. 1930 yilda shahar elektr xo‘jaligi boshqarmasini yaxshilash maqsadida “ToshGEStram” tresti 2 ta tashkilotga – “Toshtram” va “ToshGES”ga bo‘linadi.

1933 yilda shahar elektr tarmoqlari GESdan ajratiladi.

Elektr tarmoqlari boshqarmasi TRES, keyinchalik esa “ToshRES” deb atala boshlandi. 1933 yilda Toshkent shahridan 12 km masofada joylashgan “Kadirya” GESi foydalanishga topshiriladi. Elektr energiyasi viloyatdagi dastlabki EUL-35kV, Toshkent shahri chekkasida yangidan barpo etilgan quvvati 3/16,8 t. Kva bo‘lgan “Vostochnaya” 35/6 kV kichik stansiyasi (sobiq “Kadirya”) orqali uzatiladi.

“Vostochnaya” kichik stansiyasi shu hududdagi sanoatni, birinchi navbatda, “Tashselmash”, №1 va №2 “Melkombinat” va boshqalarni elektr bilan ta’minlash uchun mo‘ljallangan edi.

1934 yilda «Vostochnaya» kichik stansiyasi katta qirqimli ikkita magistral kabel orqali yangidan ishga tushirilgan “Salar” 6 kV katta taqsimlash kichik stansiyasi bilan bog‘langan edi.

Bu davrda Toshkent shahrida №4 Bo‘rijar GESi foydalanishga topshiriladi, undan yangi Dizelniydagi TQ-6 kV ga 2 ta kabel tortiladi. Shahardagi elektr taqsimlash tarmoqlarining uzunligi oshadi. Ikkinchi besh yillik oxiriga kelib, “TashRES” foydalanuvida quyidagilar bor edi:

• EUL – 35 24 km

• Kichik stansiyalar – 4/16,8 t.kva.,

• Transkiosklar – 197/25 t. kva.,

• 6 kV elektr tarmoqlari – 110 km.,

• 0,22 kV elektr tarmoqlari – 179 km.

1940-1946 yillar

Urush yillarida sanoat korxonalarining Sharqqa ko‘chirilishi munosabati bilan elektr energiyasining iste’moli keskin oshdi. Bu vaqtga kelib, Chirchiqda “Komsomol” va “Tovoqsoy” GESlari ishga tushadi, birinchi metall 2 zanjirli EUL-35kV barpo etiladi.

Evakuatsiya qilingan zavodlarning ko‘pchiligi joylashgan Shimoliy sanoat zonasida “Severnaya” 35/6kV yangi kichik stansiyasi foydalanishga topshiriladi.

1943 yilda NDSning 3 ta dizeli demontaj qilinadi; TQ-6kV “Sentralniy” taqsimlash punktiga aylantiriladi.

GESlar soni oshishi munosabati bilan EUL inshooti va kuchsizlantiruvchi 110-35kV kichik stansiyalari quriladi. Xususan, 1944 yilda Toshkent atrofida EUL 35kV halqasini amalga oshirish (3-sxemaga qarang) bo‘yicha ishlar yakunlanadi.

Taqsimlash tarmoqlari ham rivojlanishda davom etadi.

Urush yakunida Toshkentning iqtisodiy hududida quyidagilar bor edi:

• EUL-110-35kV – 1996 km

• Kichik stansiyalar va TP – 13 ta/31,4 t.kva

• Transpunktlar – 365 ta/44,7kva

• 6 kV elektr tarmoqlari – 293 km

• Past voltli tarmoqlar – 430 km

1947-1957 yillar

Urushdan keyingi davrda barcha energetika korxonalari quvvatlarni oshirishda va iste’molchilarni elektr bilan ta’minlash sxemalarining takomillashtirilishi davom etadi.

1948 yilda xalq tomonidan qurilgan “Farhod” GESi foydalanishga topshiriladi, shu munosabat bilan uzunligi 197 km bo‘lgan EUL-110kV va shahar chekkasida qudratli “Yujnaya” kichik stansiyasi quriladi. Ushbu kichik stansiya yangi qurilgan Chirchiq elektrkimyokombinatiga energiya uzatish uchun tranzit stansiyasiga aylanadi. Keyinchalik 110kV «Yujnaya» - ChEKK liniyasi yangi 110/35/6kV – «Severniy» kichik stansiyasiga yetkaziladi. Ushbu EUL 110 kV halqasi qurilishiga asos soladi.

EUL-110 va 35kV ni “Yujnaya” kichik stansiyasi shinalari bilan birlashtirgan Quyi Bo‘zsuv kaskadi GESi ishga tushiriladi.

O‘sha yillarda elektr uskunalari va kabel buyumlarining ta’minoti sust bo‘lgani hamda mablag‘lar urushdan zarar ko‘rgan mamlakatning G’arbiy hududlaridagi elektr xo‘jaliklarini tiklashga yo‘naltirilgani bois, elektr energiyasini ishlab turgan GES va kichik stansiyalardan yuklamali markazlarga uzatishning oddiy va samarali usuli talab etilardi.

Shunday yechim topiladi – EUL-35kV, 6kV taqsimlash qurilmalarini ulashning eng oddiy sxemasiga ega bir transformatorli kichik stansiyalardan iborat bo‘lgan “Chuqur kiritishlar” deb nomlanuvchi tizim joriy etila boshlanadi. Mavjud butlovchilar ishlatiladi yoki KTQ, tashqi tomondan qo‘llanadigan KTQ turidagi butlovchilar montaj qilinadi.

1948 yilda birinchi “Shayxontohur” chuqur kiritishi ishlay boshlaydi. 1957 yilga qadar ulardan 8 tasi ishga tushiriladi. Bu davrda ular shaharni elektr bilan ta’minlashda muhim ahamiyatga ega edi.

1952 yilda shaharning yangi sanoat hududida kabel va ekskavator zavodlari uchun 35/6kV “Gornaya” kichik stansiyasi foydalanishga topshiriladi.

1958-1967 yillar

1957 yilda Qoraqum GESidan elektr energiyasini uzatish uchun dastlabki “Qoraqum-Toshkent” EUL 220kV barpo etiladi. Qo‘yliq shossesi yaqinida Toshkent shahrining chekkasida kuchli “Qo‘yliq” 220/110/35/6kV kichik stansiyasi ishga tushiriladi.

Ushbu kichik stansiyaning 220kV shinalariga Qoraqum GESidagi EULdan tashqari 220s AngrenGRESining EULi ulanadi.

Qo‘yliq kichik stansiyasi Chirchiq va Chimkent tomonga “Yujnaya” kichik stansiyasi bilan, keyinchalik esa ToshGRES bilan 2 zanjirli EUL bilan bog‘landi.

Shu tariqa, EUL – 220kV katta halqasiga asos solinib, Toshkent shahri atrofida EUL-110-kV ning 2 zanjirli halqasi yakunlandi (5-sxema).

6kV elektr tarmoqlarida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi:

1. Yangi TP– 6kV qurildi.

2. Yangi konstruksiyadagi transpunktlar ishga tushirildi.

3. Transpunktlarning elektr quvvati 2 tomonlamaga o‘tkazildi.

1960-1961 yillarda 35kV lik kabelning dastlabki kilometrlari o‘tkazildi.

1960 yilga kelib ToshRES foydalanuvida quyidagilar mavjud edi:

• EUL – 220-110-35kV - 1,679 km

• 220-110-35/6kV kichik stansiyalar – 22 ta/639,5t. kva,

• 6kV taqsimlash punktlari – 10 ta.

• Transpunktlar 6 /0,4kV – 834/152 sht./t. kva,

• 6 elektr tarmoqlari – 10kV 602 km

• Past voltli tarmoqlar – 2338 km.

(oshirmalar bilan).

1962 – 1965 yillarda O‘zSSR Energiya vazirligi tashkil etildi

Shu munosabat bilan O‘zbekiston elektr xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatish ishlari markazlashtirildi.

Toshkentning iqtisodiy hududida yangi to‘lqinda ishlovchi ESlar paydo bo‘ldi: Toshkent va Sirdaryo to‘lqinda ishlovchi ESlariga ToshRES elektr xo‘jaligining bir qismi berildi.

O‘z navbatida, ToshRES shahar tashkilotlari va zavodlardan ko‘p miqdorda elektr uskunalari va 6 – 10kV lik elektr tarmoqlarini oladi.

1965 yilda tashqi tomondan qo‘llanadigan KTQ KTKS – KTQ tipidagi yangi 35 10-6kV taqsimlash qurilmalariga ega birinchi kichik stansiyalar joriy etiladi.

Ochiq kichik stansiyalarning tayanch konstruksiyalari temir-beton materialidan tayyorlana boshlanadi.

Shunga o‘xshash tarzda 110/35/10kV Lunacharskiy, Vorovskiy, Hamza kichik stansiyalari montaj qilinadi.

1966 – 1967 yillar

Toshkent shahrida yuz bergan kuchli zilziladan keyin elektr tarmoqlarini tubdan qayta rejalashtirish ishlari boshlandi, 6 – 10 va 0,4kV elektr tarmoqlarining konfiguratsiyalarini o‘zgartirish zarurati yuzaga keldi.

Ommaviy uy-joy qurilishi ehtiyojlari uchun, keyin esa shaharning yangi mavzelarini elektr bilan ta’minlashga ko‘plab yangi elektr obyektlarini qurish talab etilardi.

Yangidan qurilayotgan mavzlarda 10 va 0,4kV lik kabellarni ommaviy tarzda o‘tkazish ishlari boshlandi.

Shahar markazidagi 0,4kV havo liniyalari 0,4kV kabelga almashtiriladi, 20-30 yillarda o‘tkazilgan kabellar hamda kichik qirqimdagi 6kV termiq chidamsiz kabellar o‘rniga katta qirqimdagi 10kV lik kabel o‘tkaziladi.

Yangi turdagi, ya’ni metall va temir-betonli transpunktlarni joriy etish boshlanadi.

Yangidan qurilgan uy-joy massivlarida taqsimlash qurilmalariga ega bir nechta yangi kichik stansiyalar ishga tushiriladi: «Yugo-Zapadnaya» 110/10kV, «ODO» - 35/10kV, Rahimov 110/10kV.

Sanoat zonasida kuchli 110/35/6kV “Botanika” kichik stansiyasi barpo etiladi.

1967y.

O‘zSSR Ministrlar Kengashining qarori va Energetika vazirligining 07.01.1967 yildagi 3-sonli buyrug‘i bilan elektr-tarmoq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash va elektr ta’minotining ishonchliligini oshirish maqsadida ToshRES tarkibidan mustaqil tashkilot sifatida Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi ajralib chiqadi.