Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Август 2015_10:29 | Манба: УзА 2353

Milliy matbuot markazida “O‘zbekenergo” DAK tomonidan iste’mol qilinadigan elektr energiyasi uchun hisob-kitob intizomini mustahkamlashga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Elektr energiyasi – bu iqtisodiyotni rivojlantirishning muhim zaxiralaridan biridir. Yildan-yilga oshib borayotgan energiya iste’molining hajmi undan tejab-tergab va oqilona foydalanish zaruratini talab etayotir.

“O‘zbekenergo” DAK boshqaruvi raisining o‘rinbosari M.Hakimov va boshqalarning qayd etishicha, mamlakatimizda Prezident Islom Karimov rahbarligi ostida energetika sohasini rivojlantirish, uning amaldagi quvvatlarini modernizatsiyalash, tiklanadigan energiya manbalarini va energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hamda elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda qator investitsion loyihalar amalga oshirilyapti.

Aholi turmush darajasining ko‘tarilishi munosabati bilan energiya ise’moli hajmlari ham ortadi. Agar 1990 yilda aholining umumiy energiya iste’moli hajmidagi ulushi 10,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2013 yilda ushbu ko‘rsatkich 24,4 foizga yetdi.

Matbuot anjumanida kommunal xizmatlarni to‘lash tizimiga AKTni joriy etishni kengaytirish haqida so‘z bordi. Xususan, hozirgi kunda elektr energiyasi uchun onlayn rejimda pul to‘lash hamda elektr energiyasi iste’molini hisobga oluvchi asboblarning ko‘rsatkichlarini SMS-xabar orqali kompyuter bazasiga kiritish imkoniyati paydo bo‘lgan. Buning natijasida, hisoblagichlardagi ko‘rsatkichlarni qayd etish yaxshilandi, amalga oshirilgan to‘lov haqidagi ma’lumot esa bevosita iste’molchining shaxsiy hisobiga tushmoqda. Ayni damda poytaxtda to‘lovlarning 70 foizi aynan shu usulda amalga oshirilyapti.

Bundan tashqari tadbirda cho‘g‘lanuvchi lampalarga qaraganda 20 baravar kam energiya iste’mol qiladigan zamonaviy yorug‘lik-diodli lampalarning namunalari ham namoyish etildi. ular ekologik xavfsizligi va uzoq muddat davomida xizmat qilishi bilan farq qiladi. Bugungi kunda ushbu mahsulot uchta mahalliy korxonada ishlab chiqarilmoqda.

Anjuman davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


Электр энергияси
истеъмолчилари учун
Шахсий кабинет

Савол-жавоб

Савол: Истеъмолчини электр хисоблагич кўрсатгичи ва базадаги кўрсатгич ўртасидаги фарк
Савол: Онлайн тўловларни амалга ошириш
Савол: Уй эгалари ўзгарганда
Савол: Истеъмолчининг
Савол: Маиший истеъмолчиларнинг "Шахсий кабинет"га таалу

Фойдали ҳаволалар

Белгиланган матнни тинглаш учун қуйидаги тугмани босинг Powered by GSpeech